• Главная
  • Faoliyat
  • Vakansiyalar
  • Qurilish materiallari sanoati korxonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni joriy etishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari bo‘sh (vakant) ish o‘rniga tanlov e’lon qiladi

Qurilish materiallari sanoati korxonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni joriy etishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari bo‘sh (vakant) ish o‘rniga tanlov e’lon qiladi

04 dekabr 2025 y.    22:16

DIQQAT TANLOV!
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (bundan keyin matnda –Uyushma deb yuritiladi) Qurilish materiallari sanoati korxonalarida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni joriy etishga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari bo‘sh (vakant) ish o‘rniga tanlov e’lon qiladi.

1. Bo‘sh ish o‘rnlariga qo‘yiladigan malaka talablari:
Ushbu lavozimga oliy Axborot texnologiyalari, Kompyuter injiniringi, Sun’iy intellekt, Avtomatlashtirish va boshqaruv, Sanoat muhandisligi, Iqtisodiyot yoki shu kabi texnik yo‘nalishlarda yoki raqamli transformatsiya, AI, data science bo‘yicha qo‘shimcha sertifikatlar (ustuvor).
Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, avtomatlashtirish yoki AI yo‘nalishida kamida 3–5 yillik ish tajribasi.
Sanoat korxonalarida yoki ishlab chiqarish sohasida ishlaganlik — ustuvor.
Yirik IT yoki raqamli transformatsiya loyihalarini boshqargan tajriba.
ERP, MES, SCADA, LIMS, IoT tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikma.

2. Ushbu bo‘sh (vakant) lavozimga nomzodlar quyidagilarni:
Sun’iy intellekt texnologiyalari (machine learning, computer vision, predictive analytics) bo‘yicha chuqur tushuncha.
Raqamli tizimlarni joriy etish va integratsiya qilish jarayonlarini bilish.
Ma’lumotlar bazalari, data engineering, Big Data texnologiyalari bo‘yicha bilimlar.
Kiberxavfsizlik asoslari, axborot xavfsizligini tashkil etish tamoyillarini bilish.
Korxonalarda raqamli infratuzilma (serverlar, sensorlar, tarmoqlar va boshqalar)ni boshqarish bo‘yicha tushuncha.
Loyihalarni boshqarish bo‘yicha malaka (Agile, Scrum, PMP bo‘yicha bilimlar afzal).
Katta jamoalar bilan ishlash, ularga rahbarlik qilish, bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish qobiliyati.
Strategik rejalashtirish, biznes jarayonlarni tahlil qilish va optimallashtirish ko‘nikmalari.
Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni shakllantirish va monitoring qilish malakasi.
Yangilikka ochiqlik, innovatsion fikrlash va tashabbuskorlik.
Muloqot qilish qobiliyati, jamoa bilan ishlash, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari.
Tanqidiy fikrlash va analitik yondashuv.
Mas’uliyat, intizom, vaqtni boshqarish va stressga chidamlilik.
MS Office, AutoCAD (ustuvor), raqamli boshqaruv panellari (dashboard), BI tizimlari (Power BI, Tableau) bilan ishlash.
Python, SQL yoki o‘xshash analitik vositalar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish — katta plus.
O‘zbek, rus va ingliz tillarini (xitoy, turk tillarni bilish ustuvor);
Uyushma faoliyatiga, shu jumladan boshqarma va bo‘lim yo‘nalishiga aloqador qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlar;
mehnat qonunchiligi asoslari;
ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar va idora texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish asoslari;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qoidalari va meʼyorlarini bilishi lozim.

3. Ushbu bo‘sh (vakant) ish o‘rnining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bayon va boshqa topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari, shuningdek Uyushmaning vakolatli boshqaruv organlarining qarorlari va buyruqlari, bayon topshiriqlarining Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z vaqtida, sifatli ijro etilish;
Uyushma rahbariyati topshirig‘iga muvofiq Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tashkilot va muassasalarda Uyushma manfaatlarini ifoda etish;
Uyushmaning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda Uyushmani rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari uchun konsepsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
Uyushmaning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda Uyushmaning yillik prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Korxona miqyosida raqamlashtirish, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Qurilish materiallari sanoatida dunyodagi ilg‘or SI texnologiyalari bo‘yicha monitoring olib borish, inovatsion yechimlarni korxona faoliyatiga integratsiya qilish.
Raqamli transformatsiya loyihalarining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazorat qilish.
Sun’iy intellekt va raqamli tizimlarni joriy etish bo‘yicha tashkiliy ishlar
Korxona jarayonlarida (ishlab chiqarish, logistika, laboratoriya nazorati, ta’minot, savdo, texnik xizmat ko‘rsatish) SI va IoT yechimlarini tatbiq etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish.
Ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha yagona raqamli infratuzilmani yaratishga rahbarlik qilish.
Raqamli tizimlar integratsiyasi (ERP, MES, SCADA, LIMS va boshqalar)ni tashkil etish va modernizatsiya qilish.
Korxonada axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash.
Sun’iy intellekt asosida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish (energiya sarfi, xom ashyo tannarxi, nosozliklar oldini olish, prognozlash).
Xodimlarni raqamli ko‘nikmalar, AI, data-analitika va avtomatlashtirish bo‘yicha o‘qitish dasturlarini tashkil etish.
Sanoat bo‘yicha davlat organlari, vazirliklar va regulyatorlar bilan raqamlashtirish loyihalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish.
Raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yetkazilgan natijalar, iqtisodiy samaradorlik yuzasidan rahbariyatga muntazam hisobot taqdim etish.
Joriy etilgan tizimlarning funksionalligi va samaradorligini tahlil qilib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi milliy standartlar, qonunchilik talablarining bajarilishini ta’minlash.

4. Ish haqi:
Shtatlar jadvaliga asosan.

5. Tanlov o‘tkazish joyi va kunlari:
Tanlov Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan binosining 4-qavatidagi kichik majlislar zalida 2026-yil 6-yanvar kuni, soat 11.00da o‘tkaziladi (tanlov kuni va vaqtiga zaruratga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin).

6. Tanlov tadbirlarida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning namunaviy ro‘yxati:
1. O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot bering.
2. Sizningcha, rahbar sifatida eng muhim sifatlar nimalardan iborat?
3. Sizni jamoa ichida qanday rol kutmoqda deb o‘ylaysiz?
4. Sanoat korxonalarida sun’iy intellektni qo‘llashning eng samarali yo‘nalishlari qaysilar?
5. Machine learning modelini yaratish bosqichlari nimalardan iborat?
6. Agar korxonada to‘liq ma’lumot bo‘lmasa, AI loyihasini qayerdan boshlaysiz?
7. Xodimlar yangi raqamli tizimdan foydalanishni istamayapti. Harakatlaringiz?
8. Jamoani yangi loyihalarga qanday jalb qilasiz?
9. Ziddiyatni qanday hal qilasiz?
10. IoT sensorlari orqali ishlab chiqarishni qanday optimallashtirish mumkin?
11. ERP va MES tizimlari o‘rtasidagi asosiy farq nima?
12. Budjet kam bo‘lsa, qaysi raqamli loyihalarni ustuvor tanlaysiz?
13. Raqamli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqishda eng asosiy omillar?
14. Qurilish materiallari sanoatida qaysi jarayonlar birinchi bo‘lib raqamlashtirilishi kerak?
15. AI kelajakda bu sohani qanday o‘zgartiradi?
16. Eng murakkab loyihangiz haqida gapirib bering.
17. Jamoani boshqarishda qanday usullar va yondashuvlardan foydalanasiz?
18. Muammoli vaziyatlarda qanday qaror qabul qilasiz?
19. Jamoa a’zolarining samaradorligini oshirish uchun qanday choralar ko‘rasiz?
20. Siz uchun rahbarlikda eng katta muvaffaqiyat nima bo‘ldi?
21. Qurilish materiallari sanoati tarmog‘ining texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi fikrlaringiz qanday?
22. Mehnat qonunchiligi asoslari nimalardan iborat?
23. Mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari va normalarini bilasizmi?
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-sonli qarori bilan tanishmisiz, tanish bo‘lsangiz uning mazmuni nima haqida?
25. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari nimalardan iborat?
26. Boshqa savollar.

7. Nomzodlar Tanlov komissiyasiga quyidagi shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin:
Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazishda Uyushmaga
nomzod tomonidan taqdim etiladigan arizaning ShAKLI

Tanlov komissiyasiga

1.

Ariza beruvchi nomzodning F.I.O:

2.

Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, ko‘cha xonadon raqami) to‘liq ko‘rsatiladi):

3.

JShIR raqami:

4.

Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari:
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

5.

Bog‘lanish uchun telefon:

6.

Ma’lumoti:
(umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy)

7.

Tugatgan ta’lim muassasasining nomi:

8.

Diplom (shahodatnoma) bo‘yicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan ta’lim muassasasining nomi:

9.

Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu bo‘yicha malaka oshirganligi) (agar mavjud bo‘lsa):

10.

Malaka toifasiga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik bo‘yicha toifa berilgani) (agar mavjud bo‘lsa):

11.

Umumiy ish staji (agar mavjud bo‘lsa), shundan bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun talab etiladigan mutaxassislik bo‘yicha:

12.

Ariza to‘ldirilgan sana:

13.

Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):

 Murojaat uchun manzil: 100000, Тоshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 3-uy.
Теlefon raqamlari:  (+998) 99 514 64 74
Veb-sayt: www.uzsm.uz. Elektron pochta: info@uzsm.uz. E-XAT: uzqm@exat.uz


Rezyume jo’natish

Максимальный размер файла 3.00 MB

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech