“Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar” haftaligi


«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 9 сентябрь кунги 74-сонни мутолаа

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Qurilish sohasida innovatsion texnologiyalar” haftaligi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va tashkilotlar, olimlar, oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etishdi. Haftalik davomida sohada ilm-fan yutuqlarini joriy etish, ilmiy ishlar tahlili, takdimotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

5 sentabrdan 9 sentabrga qadar davom etgan mazkur haftalikda Qurilish vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakillari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti olimlari innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan qatnashdilar.

Tadbirda qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar, ilmiy ishlar va izlanishlar haqida so‘z yuritildi. Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov so‘zga chiqib, qurilish materiallari yo‘nalishda erishilgan yutuqlar, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi haqida taqdimot o‘tkazdi. Shu bilan birga, 2022–2026 yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar xususida fikr bildirdi.

Ta’kidlash lozimki, ayni paytda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublika iqtisodiyoti sohalari, hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada jahon mamlakatlarining innovatsion rivojlanish tendensiyalarini belgilab beradigan Global innovatsion indeks reytingida O‘zbekiston 132 ta davlat orasida 86-o‘rinda qayd qilindi. 2020 yildagi o‘rniga nisbatan 7 pog‘onaga, 2015 yildagiga nisbatan esa 36 pog‘ona yuqoriladi.

2021-2022 yillarda qurilish sohasini rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobidan umumiy qiymati 5,184 mlrd so‘mlik 3 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha moliyalashtirilgan.

Ko‘rgazma ishtirokchilarining taas surotlari qanday?

Abror GADAYEV, Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori:

– Ushbu ko‘rgazmada biz har yili iqtidorli olimlarimiz tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalar
bilan qatnashib kelamiz. Bugungi kunda avvalgi ko‘rgazmalarda namoyish etilgan bir qator taklif va loyihalarimiz amalda o‘zini oqlashga ham erishgani quvonarli. Bu yilgi haftalikda ham institutimiz sanoatning turli sohalari uchun innovatsion loyihalar takliflari bilan faol ishtirok etdi. Xususan, eng avvalo, A-OT-2019-14-raqamli “Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi temir yo‘li yoqasining innovatsion landshaft va dizayni yechimini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha natijalari taqdim etildi.

Shuningdek, institut tayanch doktoranti Arslonbek Ismoilov “Avtomobillarga tabiiy gaz quyish shoxobchalarida ortiqcha bosim hisobiga atmosferaga chiqarib yuboriladigan gazlardan samarali foydalanish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi.

“Maishiy chiqindilardan lok-buyoq va yelim olish hamda quruq-issiq muhitga chidamli egiluvchan pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish” mavzusidagi loyiha muallifi katta o‘qituvchi Alisher Ochilovdir. PhD G‘afur Karimov esa “Mikrokremnizyom qo‘shimchali kam suv talab qiluvchi bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish” mavzusidagi qurilish materiallari ishlab chiqish taklifi bilan qatnashdi.

Ko‘rgazmada SamDAQI rektori Chidem Turkyilmaz ham qatnashib, boshqa oliy ta’lim dargohlarining innovatsion loyihalari bilan qiziqdi. SamDAQI olimlarining sifatli tabiiy resurslar tanqisligi sharoitida qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalar ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo, texnogen va sanoat chiqindilarining potensial imkoniyatlaridan foydalangan holda energiya-samarador qurilish materiallarining maqbul tarkiblarini ishlab chiqish kabi loyihalari dolzarb muammolar yechimi sifatida e’tiborga olindi. Taqdim etilgan innovatsion xarakterdagi loyihalar dastlabki startap toifasida baholandi va moliyalashtirish uchun tavsiya etildi.

Bulardan tashqari, ko‘rgazma doi rasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ham hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuv har ikki tomon vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Unda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi, belgilangan vazifalar, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha so‘z yuritildi. Shuningdek, qurilish sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish yuzasidan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlashda SamDAQI, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallariLITI” MCHJ ilmiy tadqiqot va injiniring markazi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Ravshan NURIMBЕTOV, Toshkent arxitektura-qurilish institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori:

– Ko‘rgazmada institutimiz dotsenti Ikromjon Siddiqov “Vermikulit asosida o‘ta yengil betonlarning samarador tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqish”, assistent Asror Xoliyorov “Ikkilamchi xomashyo asosida yaratilgan import o‘rnini bosuvchi modifikatsiyalangan superplasifikator qo‘shilgan yuqori mustahkamlikka ega va yemirilishga bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish”, texnika fanlari doktori, professor Yusuf Rashidov “Ko‘p qavatli turar joy binolari uchun energosamarador va ishonchli, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementli quyosh issiqlik suv ta’minoti tizimi” va “Binolarni isitish uchun metall simli tolaabsorberli quyoshli havo qizdirgich kollektori” kabi mavzularidagi taqdimotlari bilan qatnashdi. Masalan, “Ikkilamchi xomashyo asosida yaratilgan import o‘rnini bosuvchi modifikatsiyalangan superplasifikator qo‘shilgan yuqori mustahkamlikka ega va yemirilishga bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” loyihasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda polimer-mineral superplastifikatorli qo‘shimchalar sementni 20-40 foiz va issiqlik sarfini 30-50 foiz tejab, sovuqqa bardoshli (F500-F800) yuqori markali betonlar, shu jumladan, yengil va yacheykali betonlar olish imkonini yaratadi. Betonning xossa va xususiyatlarini boshqarishning eng maqbul usuli uning tarkibiga polifunksional superplastifikator qo‘shimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi. Bu kabi innovatsion loyihalarning amalda qo‘llanilishi natijasida kelgusida qurilish materiallari sanoatida yuqori o‘sishga erishiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu innovatsion texnologiyalar haftaligi sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish hamda yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlab olish uchun katta imkoniyat maydoni ekani bilan ham ahamiyatlidir.

Rayhona XO‘JAYEVA,
“O‘zbekiston bunyodkori” muxbiri


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech