2019-2021 yillarda jami 1387 ta ISO va EN xalqaro standartlari qabul qilindi

News image

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qurilish vazirligining Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida “Qurilish materiallari sifati va nazorati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul idora va tashkilotning rahbarlari, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab, mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish, uning sifati va nazorati, xalqaro me’yorlar haqida to‘liq ma’lumot berildi.

photo_2022-10-13_17-47-03.jpg

photo_2022-10-13_17-47-03 (2).jpg

Ta’kidlanishicha, 2022 yil yakuni bilan soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 600,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Sement ishlab chiqarish hajmlari 2016 - 2021 yillarda 1,7 barobarga oshgan bo‘lsa 2022 yilda 15,2 mln tonna (o‘sish 107 foiz), 2023 yil 19,5 mln tonna (128 foiz), 2024 yil 22,2 mln tonna (114 foiz) va 2025 yilda 25,3 mln tonna (114 foiz) ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

photo_2022-10-13_17-47-04 (2).jpg

photo_2022-10-13_17-47-04.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qaroriga asosan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro standartlarni o‘rganish, sohaga tadbiq etish hamda sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 1387 ta ISO va EN xalqaro standartlari qabul qilindi.

Misol uchun: Deraza, eshik va jalyuzi uchun jami 29, Keramik plitka uchun jami 28 ta, Plastmassa quvur tizimlari uchun jami 43 ta, Yig‘ma temirbeton mahsulotlar uchun jami 48 ta hamda boshqa turdagi qo‘rilish materiallari uchun xalqaro standartlari qabul qilingan.

Shu bilan birga, 1650 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida jami 1758 ta xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 menejment tizimlari joriy qilingan.

Jumladan, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001 sifat menejmenti tizimi 1610 ta, ISO 14001 ekologik menejment tizimi 103 ta, ISO 45001 kasbiy xavsizlik va sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimlari 35 ta hamda ISO 50001 energetika menejment tizimlari 10 ta korxonalarda joriy qilingan.

Misol uchun: Sifat menejment tizimi (ISO 9001) Uyushma tasarrufidagi “Quvasoycement” AJ, “Kvars” AJ, “Ohangaronsement” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Gazgan stone” MCHJ, “Ferghana Cement” MCHJ QK, “Knauf Gips Buxara” MCHJ XK, “Namangan porloq ta'mirlash servis” MCHJ, “Ottica Limited” MCHJ, "Master Bilding Products" MCHJ QK kabi yirik korxonalarda joriy etilgan.

photo_2022-10-13_17-47-05.jpg

photo_2022-10-13_17-47-06 (2).jpg

Shuningdek, “Qizilqumsement” AJ korxonasida xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 talablari asosida sement va qurilish ohagi ishlab chiqarish jarayonlariga integrallashgan menejment tizimi (IMT) joriy etilgan va “TUV THURINGEN” xalqaro sertifikatlash organining TIC 15 100 74910; TIC 15 104 161413; TIC 15 118 19045; TIC 15 275 20223 raqamli sertifikatlari berildi.

Shu bilan birga, “Management Certification” kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001 menejment tizimi afzalliklari bo‘yicha Uyushma tarkibidagi korxonalar uchun bepul onlayn vebinar darslari tashkil etildi hamda qatnashchilarga sertifikatlar berildi.

photo_2022-10-13_17-47-06.jpg

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan “Farg‘ona Yasin qurulish” MCHJ QK (Farg‘ona) sement mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada o‘tkazilgan profilaktika jarayonida ISO 9001, 14001, 45000 xalqaro standartlar bilan ta’minlandi, muvofiqlik sertifikati olishda va sinov laboratoriyasini ma’qullashdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada, “Fargona Yasin qurulish” MCHJ QK tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari ichki bozorini sifatli sement mahsulotlari bilan ta’minlandi hamda import hajmi sezilarni darajada kamayishiga erishildi.

“Asia Metall Prof” MCHJga (Samarqand) Yevropa Ittifoqining YEN normalari asosida muvofiqlik sertifikati olishda amaliy yordam ko‘rsatildi, natijada mahsulotlarni Yevropa Ittifoqiga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech