2020-2021 yilda 38 ta tadqiqot natijalari amaliyotga qo‘llanilgan

News image

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiya rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida “Qurilish materiallari sohasida ilm-fan yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, kadrlar masalasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab uyushma tomonidan yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar, innovatsion texnologiyalarni joriy etilishi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, Oliy ta’lim muassasalar bilan hamkorlik, kadrlar masalasi hakida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, 2020-2021 yilda 38 ta tadqiqot natijalari amaliyotga qo‘llanilgan hamda “Kvars” AJ tomonidan umumiy qiymati 700 mlrd so‘mlik “Yangi sayqallangan oyna float-liniyasi” innovatsion loyihasi Xitoy, Germani, Fransiya kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini transferi asosida amalga oshirildi.

2 photo_2022-09-29_12-00-42.jpg

So‘ngi besh yilda, yangi turdagi innovatsion, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi gulqog‘oz, suyuq gulqog‘oz, zoloblok, gazoblok, penoblok, polistrolblok, kompozit (asbestsiz) shifer, yumshoq tom yopqich materiallari, issiqlik izolyatsiya materiallari, bazaltdan armatura, bazaltdan tola, bazaltdan setka, frita, geotekstil, geomembrana, geosetka, georeshetka, geokompozit kabi qurilish materiallari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirildi.

2022-2023 yillarda yangi turdagi innovatsion qurilish materiallari, jumladan, 2022 yilda bazaltdan armatura – 300 tonna, geosetka - 6 ming kv m, suyuq oboy - 510 tonna, gazobeton (avtoklav usulda) - 183 ming kub m, kvars qumidan mineral plitalar - 9 ming tonna., shuningdek 2023 yilda 18 ming tonna bazal’tdan kompozit quvurlar, 300 ming kv m HPL panellari (yuqori bosimda presslangan) ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, “East Mining Invest” MCHJ tomonidan yangi turdagi energiya tejamkor va yengil avtoklavli gazobeton bloklari, “DMG QURILISH KLASTERI” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 5.0 mln.dollar bo‘lgan keramzitdan devor panellari, “TSEMENT TEXNO SERVIS” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 7.5 mln.dollar bo‘lgan keramogranit plitalar, “Ogneupor” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 10.0 mln.dollar bo‘lgan olovbardosh g‘isht ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

2023-2026 yillarda sohada quyidagi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.

  • Tabiiy va ikkilamchi resurslardan yuqori sifatli gibrid qo‘shimchali portland sement ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
  • Mahalliy vermikulit xom-ashyosi asosida issiqlikka chidamli va yong‘inga bardoshli qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.
  • Mahalliy bazalt tolasi asosida kompozitsion to‘lqinsimon asbestsiz shifer ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.
  • Mahalliy vermikulit xom-ashyosi asosida o‘ta yengil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish.
  • Mahalliy xom-ashyo asosida yemirilishga bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
  • Yangi turdagi innovatsion shaffof yog‘och ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
  • Yangi turdagi innovatsion karbon tola (uglevolokno) ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.

Sohadagi umumiy band xodimlar soni 80,5 ming nafar. Shundan, 4 ming nafari (5 foiz) ma’muriy boshqaruv, 12,1 ming nafari, (15 foiz) muhandis va texnologlar, 64,4 ming nafari (80 foizi) ishlab chiqarish xodimlaridan iborat.

Soha uchun 2021/2022 o‘quv yilida soha ehtiyoji uchun tayyorlanadigan oliy ma’lumotli mutaxassislarga 21 ta oliy ta’lim muassasalarida 3232 ta, 2023/2024 o‘quv yilida esa 3 ming 500 tadan ziyod kvotalar ajratildi.

2021/2022 o‘quv yilida respublikaning professional ta’lim muassasalarida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlayotgan 16 ta kasb-hunar maktablari va kollejlarda 500 nafarga yaqin mutaxassislar tayyorlandi.

Bundan tashqari keyingi 3 yilda Germaniya, Turkiya institutlari, respublikaning 16 ta professional ta’lim muassasalari, shuningdek “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi bilan hamkorlikda 3 mingta o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanishiga erishiladi.

3 photo_2022-09-29_12-00-42.jpg

“O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi qoshida “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi tashkil etildi.
2022 yil 20 sentyabr holatiga ko‘ra jami 10 mavsum yakunlangan bo‘lib, umumiy 305 nafar tinglovchilar qabul qilingan, shundan 249 nafar tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarida 12 ta korxona rahbari, 12 ta injener-texnolog, 14 ta qurilishda ish boshqaruvchi, 15 ta davlat xizmatchisi, 23 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, 6 ta tayanch doktorant, 26 ta magistr va 43 ta bakalavrlar va boshqa manfaatdor aholi vakillari faol qatnashdilar hamda o‘z bilimlarini yanada oshirdilar.

O‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. “Tadbirkorlar maktabi”da joriy yil yakuniga qadar 500 nafardan ziyod tinglovchilar o‘qitilishiga erishiladi.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech