2020 yilda umumiy qiymati 1 trln 163,8 milliard so‘mlik 83 ta loyiha ishga tushirildi

News image

2020 yilda Navoiy viloyati bo‘yicha jami 2 655,2 milliard so‘mlik qurilish materiallari mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish surati 110,7 foizni tashkil etgan.

Hududda qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan 43,8 mln.dollarlik eksport amalga oshirilib, reja 122 foizga bajarildi.

1.jpg

Viloyatdagi 33 ta qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan eksport qilingan bo‘lib, shundan “Qizilqumsement” AJ, “Green Line Profil” QK MCHJ, “National plast” MCHJ, “Triumf Gornyak” MCHJ kabi yirik korxonalar hisssasiga to‘g‘ri keladi. Asosan, viloyatda sement, alyumin va PVX profillar, ohak, suniy tosh, gips, quruq qurilish aralashmasi, bentonit, marmar plitalar, sheben, keramik plitalar va granit kabi qurilish materiallari eksporti amalga oshirildi.

2.jpg

Navoiy viloyatida 2020 yilda umumiy qiymati 1 trln 163,8 milliard so‘mlik 83 ta loyiha ishga tushirildi va 1 647 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. E’tiborlisi, yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun 71,4 million dollar xorijiy kreditlar va xorijiy investitsiya yo‘naltirildi.

Loyihalarni amalga oshirish hisobiga hududda qurilish materillari sanoatida qo‘shimcha 477 milliard so‘mlik quvvatlar yaratildi.

2020-2022 yillarda umumiy qiymati 5 trln 114,7 milliard so‘mlik 78 ta loyihalar amalga oshiriladi va 2 669 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarni amalga oshirish hisobiga qurilish materillari sanoitida qo‘shimcha 4 trln 656,5 milliard so‘mlik quvvat, 57,4 million dollar eksport, 63,6 million dollar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yaratiladi hamda 64,8 milliard so‘mdan ortiq mahalliy budjetga qo‘shimcha tushum manbasi shakllantiriladi.

3.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech