2021 yilda sanoat korxonalari tomonidan 14,195 mln tonna sement ishlab chiqarilgan

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilishning asosi bo‘lgan sement mahsulotini ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 31 ta korxona mavjud bo‘lib, 2021 yil yakunigacha sement ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar 21,3 million tonnaga yetkazildi.

1.jpg

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda Respublika bo‘yicha jami 14,195 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, eng ko‘p sement mamlakatimizdagi yirki sanoat korxonalardan biri “Qizilqumsement” AJ tomonidan tayyorlangan. Bu yerda o‘tgan yili jami 3 mln 666 ming tonna mahsulot xaridorlarga yetkazilgan. 2021 yilda yangi quvvatlar bilan faoliyatini boshlagan Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJ da esa 2,015 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. “Olmaliq Tog‘-kon Metallurgiya Kombinati” AJga qarashli Sherobod sement zavodi 1,4 mln tonna, Jizzax sement zavodida esa 850 ming tonna mahsulot qurilish maydonlariga yetkazilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,6 mln tonna bo‘lgan “Bekobodsement” AJ yil davomida 968,2 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Sermaxsullik bo‘yicha Jizzax viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ ham qolishmaydi. Korxonada hisobot davrida 1,666 mln tonna sement tayyorlangan.

2.jpg

3.jpg

Shuningdek, Farg‘ona Yasin qurilish mollari MCHJ 565,9 ming tonna, “Quvasoysement” AJ 592,5 ming tonna, “Namangan Sement” MCHJ 225 ming tonna, “Qoraqalpoqsement” MCHJ QK 271,7 ming tonna, “Sing Lida” MCHJ 300,8 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yil yanvar-dekabr oylarida 2,715 mln tonna sement import qilingan bo‘lsa, 333,6 ming tonna eksport amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech