2022-2026 yillarda mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvardagi Farmonida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko‘paytirish belgilangan.

2022-2026 yillarda sohada qiymati 5,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Natijada, Dasturga muvofiq, 2026 yil yakuni bilan:

  • sohada mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga oshiriladi;
  • eksport hajmi 1,08 mlrd dollarga yetkaziladi;
  • mahalliylashtirish dasturi doirasida 1,9 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi;
  • 50 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

IMG_4753.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 fevraldagi PQ-139-son qaroriga asosan qurilish sohasini va qurilish materiallari kompleksini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Mazkur qarorga asosan, respublikaning 8 ta, jumladan Buloqboshi, Qoravulbozor, Forish, Chust, Paxtachi, Sariosiyo, Ohangaron va O‘zbekiston tumanlarida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi va 16 ta tuman va shaharlarda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallarini ishlab chiqarish rivojlantiriladi.

photo_2021-05-15_11-38-15.jpg

Xususan, mazkur ixtisoslashgan tumanlarda qiymati 1,6 mlrd dollarlik 150 ta loyiha amalga oshiriladi va 7,8 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu klasterlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun 2022-2023 yillarda davlat budjetidan 200 mlrd so‘m, shundan joriy yilda 101 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

photo_2021-05-17_11-56-30 (2).jpg

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun 300 mln dollar Yevrobond chiqarilib, joylashtiriladi hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 mln dollar miqdorida Hukumat kafolatisiz xorijiy kredit liniyalarining mablag‘lari jalb qilinadi.

photo_2021-11-08_07-46-54 (5).jpg

Shuning bilan birga, geologiya-qidiruv ishlari uchun 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Natijada, Yangi O‘zbekiston massivlarini barpo etishda uy-joy qurilish klasterlari bilan birga qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlari tashkil etilib, ob’ektlarning qurilish muddati va tannarxini kamaytirish imkoni yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech