2023-yil yanvar-mart oylarida investitsiya loyihalar uchun 17,7 mln dollar o‘zlashtirildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2022 yildagi PQ-459-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra va Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 14-son va 23-son bayonlariga asosan 2023 yilning manzilli ro‘yxat bo‘yicha umumiy qiymati 951,1 mln dollarlik 27 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda jami 193,9 mln dollar, shundan 97,6 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar hisobiga o‘zlashtirish belgilangan.

IMG_3762.jpg

2023-yilning yanvar-mart oyning yakuni bilan 17,7 mln dollar, shundan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 14,2 mln dollar o‘zlashtirilib, reja 100,8 foiz bajarildi. Jumladan, 2023-yilda 9 ta loyihani ishga tushirish va 840 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan, xususan:

1. Qibray tumanida “NODIR KAFELLAR” MCHJda 17,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 8,0 mln.dollar) hisobiga yiliga 3,5 mln kvadrat metr keramik plitka va keramogranit ishlab chiqarishni tashkil etish (dekabr);

2. Samarqand tumanida “KAYUMOV STROY INVEST” MCHJda 11,8 mln dollar (xorijiy investitsiya – 10,7 mln.dollar) hisobiga yiliga 200 ming kub metr gazobeton ishlab chiqarishni tashkil etish (dekabr);

3. Yangihayot tumanida “Ogneupor” MCHJda 10,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 5,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 40 ming tonna olovbardosh g‘ishtlari ishlab chiqarishni tashkil etish (oktyabr);

4. Quvasoy shahrida “Quvasoysement” AJda 12,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 12,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga sement ishlab chiqarish texnologik liniyasini va modernizatsiya qilish (oktyabr);

IMG_5530.jpg

5. Navoiy shahrida “Qizilqumsement” AJda 126,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 22,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 1,8 mln tonna sement klinker (4-liniya) ishlab chiqarishni tashkil etish (iyul);

6. Sergeli tumanida “Oriyent Keramik” XKda 42,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 20,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 9,0 mln kvadrat metr keramik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etish (sentyabr);

7. Qorao‘zak tumanida “Qoraqalpoq sement” MCHJ QKda 50,0 mln dollar (xorijiy investitsiya – 35,0 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 1,1 mln tonna sement ishlab chiqarishni kengaytirish (3-bosqich)ni tashkil etish (iyun);

8. Navoiy shahrida “PETRAWOOL” MCHJ QKda 11,7 mln dollar (xorijiy investitsiya – 6,2 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 30 ming tonna bazaltdan mineral plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish (iyul);

Вредна-ли-базальтовая-вата.jpg

9. Chirchiq shahrida “CHIRCHIQ ASFALT BETON SERVIS” MCHJda 2,6 mln dollar (xorijiy investitsiya – 1,1 mln.dollar) investitsiya hisobiga yiliga 170 ming kub metr temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish (dekabr) loyihalari amalga oshiriladi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2023-yilning 1-choragida qurilish materiallari sohasida jami 826 ta loyiha bo‘yicha 3 trln 160 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Haqiqatda ushbu davrda 936 ta loyiha bo‘yicha 3 trln 400 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 107,6 foiz o‘zlashtirilgan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, yuqori markali sement, bazalt va shisha momig‘li issiqlik saqlovchi plitalar, kompozit armaturalar va quvurlar, keramogranit, gulqog‘oz, suyuq oboy, marmar, travertin va granit plitalar, keramik plitkalar, santexnika buyumlari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar va sanitar-texnik buyumlar, gipsokarton, burama mixlar, metal konstruksiyalar, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech