2025-2026-yillarda 303,7 mln. kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi

News image

Qurilish materiallari tarmog‘idagi energiya sarfi yuqori bo‘lgan 34 ta korxonada energiya samaradorlikni oshirish maqsadida 2024-yil avgust-noyabr oylarida o‘tkazilgan energiya auditi natijasiga ko‘ra 2025-2026-yillarda 303,7 mln. kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan,

  • quvvati 47 mVt bo‘lgan WHR tizimi bilan chiqindi issiqlik energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarish orqali 208,5 mln. kVt soat;
  • quvvati 41,2 mVt quyosh panellarini o‘rnatish natijasida 54,1 mln. kVt soat;
  • tashkiliy-texnik chora-tadbirlar evaziga 41,1 mln. kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilinadi.

 Energiya audit yakunlariga muvofiq qator ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi:

1. Jumladan, “Reco sement sifat” MCHJ tomonidan 10 gektar maydonga 8,4 MVt quyosh panellari elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Natijada, korxonada 3,3 mln kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi.

Shuningdek, korxonada ishlab chiqarish liniyalarida reaktiv kondensator o‘rnatish ishlari boshlangan.

Reaktiv kondensatorlar o‘rnatilishi hisobiga:

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish tarmoqda oqimni 20–40% ga kamaytiradi. Bu kabel, transformator va qurilmalardagi yo‘qotishlarini pasaytiradi.

Transformatorning yuklanishi kamayib, uning ishlash muddati uzayadi.
Sement zavodiga xos yuqori quvvatli motorlar (pechlar, ventilyatorlar) ishga tushganda voltaj pasayishi yuzaga keladi. Kondensatorlar reaktiv quvvatni lokal ravishda ta’minlab, voltaj barqarorligini 5–10% ga yaxshilaydi;

Reaktiv quvvatni kamaytirish orqali transformatorlar va kabellar faol quvvatni ko‘proq tashiydi;

Motorlar reaktiv quvvatni o‘zidan emas, balki kondensatordan oladi. Natijada, motorlarning ish rejimi yaxshilanadi, energiya iste’moli 10–15% ga kamayadi;

Reaktiv kondensatorlarni o‘rnatish energiya xarajatlarini keskin kamaytiradi, tarmoqdagi barqarorlikni oshiradi va uskunalar ishlash muddatini uzaytiradi. Sement sanoatida bu yechim ayniqsa muhim, chunki zavodlarda elektr energiyasining 30–40% reaktiv quvvatga sarflanadi.

2. Bundan tashqari, "Great Wall Ceramic Indastries" QK MCHJ tomonidan korxonaga quvvati 155 kVt/soat bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi, reaktiv kondensator va gorelkalarda yonish jarayonini optimallashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Keramik materiallar ishlab chiqarish jarayonida gorelkalarda yonish jarayonini optimallashtirish hisobiga:

Yonish parametrlarini aniq nazorat qilinib, mahsulot sifati oshadi, deformatsiya va yoriqlar kamayadi;

Gorelkalarda yonish jarayonini optimal boshqarish keramika ishlab chiqarishning energiya samaradorligini 25–40%, ishlab chiqarish sifatini esa 50% ga oshirishi mumkin.

Asosiy omillar aniq harorat nazorati, avtomatlashtirilgan tizimlar, chiqindilarni kamaytirish va zamonaviy issiqlikni qayta ishlash texnologiyalari hisoblanadi. Sanoatda bunday optimallashtirish investitsiyani 2–4-yil ichida qoplaydi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech