24, 2 mln metr kvadrat keramik plitkalar ishlab chiqarildi

News image

Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahalliy keramik plitkalari dunyoda o‘z o‘rniga ega. Boisi, ushbu mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida talab o‘sib bormoqda. Shu bois korxonalar tomonidan yangi texnologiyalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish hajmi kengaytirilyapti.

Tahlillarga ko‘ra, yanvar-oktabr oylarida respublikada mavjud sanoat korxonalarida jami 24 mln 221 ming metr kvadrat keramik plitkalar ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan 14 mln 224 ming metr kvadrat mahsulot tayyorlangan. Eng ko‘p mahsulot Farg‘ona viloyatida joylashgan yillik quvvati 4,3 mln metr kvadrat bo‘lgan “MODERNA CERAMIC INDUSTRIES FERGHANA” MCHJ HK tomonidan tayyorlangan. O‘tgan davra mobaynida korxonada 5 mln 564 ming metr kvadrat mahsulot ishlab chiqarilgan. Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalardan biri “Prime ceramics” MCHJda shu kungchacha 2,9 mln metr kvadrat keramik plitkalar mijozlarga yetkazilgan. Sirdaryo viloyatida joylashgan "Sirdarya Ceramic Production" MCHJ QKda hisobot davrida 3,06. mln metr kvadrat mahsulot tayyorlangan.

1.jpg

Shuningdek, "NATIONAL CERAMICS" MCHJ QK (2,2 mln metr kvadrat), “Great wall ceramic industries” MCHJ (2 mln metr kvadrat), “Orient-ceramic” MCHJ (1,6 mln metr kvadrat), “Premium elegant ceramics” MCHJ (230 ming metr kvadrat), “Lyux Granit” MCHJ (1,8 mln metr kvadrat), "Nodir Keramiks" XK (1,2 mln metr kvadrat), "PENG SHENG" MCHJ QK (1,7 mln metr kvadrat), "Flet Tayl" MCHJ (730 ming metr kvadrat) kabi korxonalar tomonidan mahalliy keramik plitkalar xaridorlarga yetkazilgan.

2.jpg

E’tiborlisi, yanvar-sentabr oylarida korxonalar tomonidan 43 mln dollarlik keramik plitkalar eksport qilingan. Bu borada “Prime ceramics” MCHJ, “Orient-ceramic” MCHJ va “Moderna ceramic industries Fergana” MCHJ larida ko‘rsatkichlar yuqori hisoblanadi. Milliy mahsulotlarimizni eksport qilishda Qozog‘iston Respublikasi peshqadam hisoblanadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech