25-Yubiley Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasi boshlandi

News image

Bugun Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da 25-Yubiley Xalqaro "Qurilish – UzBuild 2024" ko‘rgazmasi o‘z o‘z faoliyatini boshladi. Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi UzBuild 2024 ko‘rgazmasida 19 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Belarus Respublikasi, Germaniya, Xitoy, Turkiya milliy pavilonlari taqdim etilgan, Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Xitoy, BAA nufuzli delegatsiyalari ham tadbir mehmoni. Ko‘rgazma o‘z ekspozitsiyasini «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining barcha pavilonlarida va ochiq maydonida taqdim etmoqda.

Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovini namoyish etadi.

Ko‘rgazmada shuningdek, 5-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2024 ham o‘tkazilmoqda. Anjumanda yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etyapti. Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.

Ma’lumot uchun, UzBuild 2000-yilda tashkil etilgan. Ko‘rgazma boshidanoq asbob-uskunalar, texnologiyalar va qurilish materiallarning eng yangi namunalari bilan tanishish uchun noyob biznes maydon sifatida qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalari e’tiborini tortdi. Qayd etish kerak, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda qurilish sanoatining asosiy ko‘rgazma tadbiriga aylandi. Shu vaqt ichida ko‘rgazmada 45 mamlakatdan 3 503 ta kompaniya ishtirok etdi. UzBuild tufayli O‘zbekistonga qurilish sanoati bo‘yicha ko‘plab investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilindi, mahalliy eksportchilar yangi bozorlar, xorijiy hamkorlar va kontragentlarni topdilar. Tadbirning o‘z qamrovi bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona sanaladi.

«Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasi 1-martga qadar davom etadi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech