287,8 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

News image

Joriy yil 9 oyligi yakuni bilan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 287,8 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksport amalga oshirilib, belgilangan reja (178,6 mln dollar) 161,1 foizga bajarildi. Bu 2020 yil joriy davriga nisbatan 141 foizga yoki 84,0 mln dollarga ko‘p demakdir.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlar 47,3 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 27,4 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 53,5 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 18,3 mln dollar keramik g‘ishtlar, 19,4 mln dollarlik sement, 6,7 mln dollarlik gipsokarton, 4,2 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 6,1 mln dollarlik gulqog‘oz, 1,3 mln dollarlik tabiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

1.jpg

E’tiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2020 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Misol uchun, 2020 yilga nisbatan keramik plitkalar 2,6 barobarga, gulqog‘oz 2,2 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 5,6 barobarga, 2,5 barobarga, oyna mahsulotlari 2,6 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech