306 mln. dollarlik 12 ta loyihani ishga tushiriladi

News image

Joriy yilda qurilish materiallari sohasida jami 306 mln. dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1 625 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Yilning birinchi yarim yilligida 39 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha jami 115,3 mln. dollar, shundan 84,3 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermatov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 872 mln dollarlik 39 ta loyiha belgilangan bo‘lib, joriy yilning o‘zida 327,6 mln dollar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101,0 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 11,6 mln dollar tijorat banklarining kreditlari va 215,0 mln dollar xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar yo‘naltiriladi.

Misol uchun, Farg‘ona viloyatida “Knauf Gips Fergana” MCHJ XKda 12,3 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 15 mln kv metr gipsokarton ishlab chiqarish, Angren shahrida “Angren Insulation” MCHJ QKda 15,6 mln dollar hisobiga kvars qumidan yiliga 30 ming tonna mineral plitalar ishlab chiqarish, “Sanfa Engineering” MCHJda 4 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 2.5 mln kv metr linoleum ishlab chiqarish kabi korxonalar tashkil etiladi.

E’tiborlisi, joriy yilda “Ohangaronsement” AJda 160 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga 2.4 mln tonna sement va “Kvars” AJda 70.2 mln dollar hisobiga 22.2 mln kv metr float oyna ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.

Bundan tashqari Toshkent shaxrida umumiy qiymati 5 mln dollar bo‘lgan "Monolith Asia" MCHJ QKda yiliga 20 ming tonna payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Shuningdek, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida hududiy investitsiya dasturlari bo‘yicha 2021 yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha bo‘yicha 7 trln 580 mlrd so‘m o‘zlashtirish belgilangan.

E’tiborlisi, ushbu hisobot davrida 988 ta loyiha bo‘yicha 4 trln 79 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib, qiymati 1 trln 824 mlrd so‘mlik 338 ta loyiha ishga tushirildi va 3722 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, sement, bazalt va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi plitalar, bazalt tolasidan kompozit armaturalar, quvurlar va geosetkalar keramogranit, gulqog‘oz, marmar, travertin va granit plitalari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar va sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat, DSP kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida 2017-2020 yillarda zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295,3 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.

Unga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomoniddan 1 mlrd 191,8 mln dollarlik 25 ta loyiha bo‘yicha monitoring olib borlmoqda. Shulardan bugungi kunga kelib 289,7 mln dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirildi, 2 tasi – 2021 yil yakuniga qadar va qolgan 13 tasi 2022-2023-yillarda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech