39 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 220,15 mln dollar o‘zlashtirildi

News image

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Uyushma tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘tgan 9 oyda amalga oshirilayotgan ishlar, yirik investitsiya loyihalari, yangi turdagi qurilish materiallari haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shu bilan birga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurililish materiallarining jaxon talablariga javob berishi, yirik zavodlar faoliyati haqida to‘xtalib o‘tildi.

1.jpg

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 9-oyida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra qurilish materiallari sohasida jami 18,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 112 foizni tashkil etgan. Jumladan, ushbu davrda 10,7 mln tonna, 19,5 mln kv.m qurilish oynasi, 29,4 mln kv m gipsokarton, 11,0 mln kv m keramik plitka, 1,6 mln o‘ram oboy kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, 2021 yilning 9-oyida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 7 trln 155,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 136,2 foizni tashkil etdi. Jumladan, 7,7 mln tonna sement, 19,1 mln kv.m - 2-mm o‘lchamdagi qurilish oynasi, 12,4 mln kv.m - keramik plitka, 29,4 mln kv.m - gipsokarton, 115 ming tonna - quruq qurilish aralashmalari, 1,7 mln o‘ram - oboy, 97,5 ming tonna - ohak, 130,3 ming tonna – gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan. Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog‘oz) o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 863,4 mln dollarlik 39 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 11,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Xususan, joriy yilda jami 306 mln dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1 625 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 9-oyida 39 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 220,15 mln dollar, shundan 152,94 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan umumiy qiymati 247,3 mln dollar bo‘lgan 6 ta loyiha ishga tushirildi va 1 005 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Ushbu 6 ta loyiha doirasida yiliga 2,4 mln tonna sement, 22,2 mln kv m float oyna, 20 ming tonna payvandlash elektrodlari, 6 ming tonna burama mix, 1 mln kv m laminatlangan DSP, 6 ming tonna ohaktoshdan qog‘oz ishlab chiqariladi.

2.jpg

Hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2021 yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha bo‘yicha 9 oylikda 9 trln 223 mlrd so‘m o‘zlashtirish belgilangan. E’tiborlisi, hisobot davrida 1 002 ta loyiha bo‘yicha 9 trln 614 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Ushbu davrda qiymati 3 trln 2 mlrd so‘mlik 467 ta loyiha ishga tushirildi va 6 617 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, sement, bazalt va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi plitalar, bazalt tolasidan kompozit armaturalar, quvurlar va geosetkalar, keramogranit, gulqog‘oz, marmar, travertin va granit plitalari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar, payvandlash elektrodlari, gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari, sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat, DSP kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida 2017-2020 yillarda zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295,3 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan. Unga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga 1 191,8 mln dollarlik 25 ta loyihalar nazorati yuklatilgan. Shulardan bugungi kunga kelib 289,7 mln dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirildi, 2 tasi – 2021 yil yakuniga qadar va qolgan 13 tasi 2022-2023-yillarda ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida import o‘rnini bosuvchi eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar ishga tushiriladi.

2021 yilning 9-oyida qurilish materiallari sanoati sohasi bo‘yicha jami 178,6 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish prognozi belgilangan edi. Quvonarlisi, o‘tgan 9-oy davomida 287,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 161 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 baravarga ta’minlandi. Jumladan, ushbu davrda 53,5 mln dollar - PVX profillar va trubalar, 27,4 mln dollar - alyumin profillar, 47,3 mln dollar - keramik plitka va keramika mahsulotlari, 22,4 mln dollar - quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 19,5 mln dollar - sement, 10,5 mln dollar - gulqog‘oz kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘onistondan tashqari, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalari tomonidan 2021 yil yanvar-sentabr oylarida jami 224,9 mln dollarlik import amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,6 mln dollarga yoki 11 foizga kamaygan. Import tarkibida, asosan 117,8 mln dollar - texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, 104,5 mln dollar - xom ashyo va materiallar, 2,6 mln dollar - xizmatlar tashkil etadi.

Yana bir muhim ma’lumot 2021 yilning 9-oyida mahalliylashtirish dastur doirasida 857,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 138 foizga bajarilishi ta’minlandi. Jumladan, “Luks Granit” MCHJda 1,5 mln kv m keramogranit (rejaga nisbatan 1,8 baravar), “Sanfa Produkt” MCHJda 3,8 mln kv m linoleum (157 %), “Pergament Kualiti Eksklyuziv” MCHJda 1 696,3 ming o‘ram gulqog‘oz (120 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech