65 turdagi amaliy-uslubiy qo‘llanmalar vodiylik tadbirkorlarga taqdimot qilindi

News image

Ayni kunlarda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan respublikamizning barcha hududlarida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan 65 turdagi amaliy-uslubiy qo‘llanmalar taqdimotlari o‘tkazilmoqda.

19-20 oktabr kunlari taqdimotlar Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyati tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazildi. O‘zsanoatqurilishbank, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishmaterialLITI” markazi mas’ullari qo‘llanmalar mazmun-mundarijasi, shuningdek, sohaning ilmiy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi, tadbirkorlar savollariga javob berildi.

1.jpg

Ta’kidlash kerakki, 65 turdagi amaliy-uslubiy qo‘llanmalarni nafaqat tadbirkorlar, balki istalgan yurtdoshimiz erkin olib foydalanishi imkoniyatlari ham yaratilgan. Buning uchun O‘zsanoatqurilishbank rasmiy saytidagi alohida bo‘limga tashrif buyurib, qo‘llanmalarning elektron nusxalarini bepul yuklab olish mumkin.

2.jpg

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

7.jpg

Manba: Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech