9 oyda 39 ta loyiha bo‘yicha 220,1 mln dollar o‘zlashtirildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli qaroriga asosan hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 863,4 mln dollarlik 39 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 327,6 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 11,6 mln dollar bank kreditlari va 215 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

1.jpg

Xususan, joriy yilda jami 306 mln dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1 625 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 9-oyida 39 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 220,15 mln dollar, shundan 152,94 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Shundan umumiy qiymati 247,3 mln dollar bo‘lgan 6 ta loyiha ishga tushirildi va 1 005 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Ushbu 6 ta loyiha doirasida yiliga 2,4 mln tonna sement, 22,2 mln kv m float oyna, 20 ming tonna payvandlash elektrodlari, 6 ming tonna burama mix, 1 mln kv m laminatlangan DSP, 6 ming tonna ohaktoshdan qog‘oz ishlab chiqariladi.

2.jpg

Hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida dastlabki ro‘yxatga asosan 2021 yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha bo‘yicha 9 oylikda 9 trln 223 mlrd so‘m o‘zlashtirish belgilangan. E’tiborlisi, hisobot davrida 1 002 ta loyiha bo‘yicha 9 trln 614 mlrd so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilgan. Ushbu davrda qiymati 3 trln 2 mlrd so‘mlik 467 ta loyiha ishga tushirildi va 6 617 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi float oyna, sement, bazalt va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi plitalar, bazalt tolasidan kompozit armaturalar, quvurlar va geosetkalar, keramogranit, gulqog‘oz, marmar, travertin va granit plitalari, lok-bo‘yoq mahsulotlari, keramik plitkalar, payvandlash elektrodlari, gipsokarton, quruq qurilish aralashmalari, sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat, DSP kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech