Aholi murojaatlari munosib qanoatlantirilmoqda

News image

Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlariga vaqtida javob berish, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirilgan bo‘lib, bu borada huquqiy asoslar yaratilgan.

Binobarin, Konstitutsiyamizning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidani amalga oshirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, 2014 yilda hayotga tatbiq etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi ishlar samaradorligini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etayotir. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ham mazkur yo‘nalishda faol ish olib borilmoqda.

2021 yilning oktabr-dekabr oylarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 32 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 14 ta hamda bevosita uyushmaga 18 ta, shundan 18 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 7 tasi qanoatlantirilgan, 4 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 6 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan. 1 ta topshiriq o‘rganish jarayonida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 5 tasi qanoatlantirilgan, 6 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 3 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech