Andijon viloyatida qiymati 3,74 trln.so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

News image

Andijon viloyatida ham yildan-yilga qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalar soni ortib bormoqda. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yangi quvvatlarni yaratish, xorijiy investorlarni sohaga keng jalb qilish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish orqali sohada yuqori natijalarga erishilmoqda. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hududda 2017-2021 yillarda qurilish materiallari soxasida 195 ta 491,0 mlrd.so‘mlik loyiha amalga oshirilib 5494 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Hozirda viloyatda 430 dan ortiq qurilish materiallari korxona mavjud bo‘lib, ular tomonidan o‘tgan yilda jami 432 mlrd so‘mlik 22 dan ziyod asosiy turdagi qurilish materiallari (sement, gazobeton bloklari, ohak, pardozbop toshlar, metallokonstruksiyalar, plastmass quvurlar va boshqa turdagi qurilish materiallari) ishlab chiqarilgan.

IMG_5530.jpg

E’tiborlisi, hududda qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ko‘plab xom ashyolar mavjud. Tahlillarga ko‘ra, hozirda viloyatda 75 tabiiy qazilma konlar aniqlangan. Xususan, 305,3 mln tonna sement, 3,4 mln tonna ohak, 63,5 mln kub metr qurilish toshi, 16,5 mln kub metr qum-shag‘al aralashmalari va 22 mln kub metr g‘isht xom ashyo zaxiralariga ega. 2020 yilning 1 yanvaridan 2021 yil 1 yanvar holati bo‘yicha viloyatning tumanlar kesimida jami 25 ta foydali qazilmalar qazib olish uchun va 18 ta geologik jixatdan o‘rganish uchun tadbirkorlarga tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunda Andijon viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qoplash, hududda ushbu yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

photo_2021-11-08_07-46-54 (5).jpg

Andijon viloyatida importni kamaytirish va eksportni keskin oshirish maqsadida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,74 trln.so‘m bo‘lgan 52 ta qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi hamda 3 734 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Xususan, 2021 yilda umumiy qiymati 2,3 trln so‘m bo‘lgan 35 ta loyiha ishga tushiriladi hamda 2307 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda hududda 89 ta loyiha amalga oshirilib, 4565 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech