AQSHda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

News image

Joriy yil 5-aprel kuni AQSHning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar uchun shourum va savdo ombori tashkil etildi.

Savdo ombori 850 kv metr maydonda joylashgan bo‘lib, barcha sharoitlar ega. Ombor infrastrukturasi mahsulotlarni o‘sib borish tartibida, qavatma-qavat joylashtirishga imkon beradi.

Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida savdo omborining joylashuv manzilini tanlashda uning avtomobil va temir yo‘llari va portga yaqinligi inobatga olindi.

_ART5200.jpg

_ART5218.jpg

Doimiy shourumga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 60 turdan ortiq qurilish materiallari joylashtirildi.

Ochilish tadbiriga AQSHdagi developerlar, yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari taklif etildi.

Shu kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Ecomarble” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan pardozbop tosh mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan qiymati 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

_ART5221.jpg

_ART5226.jpg

Hurmatli tadbirkorlar, mahsulotlaringizni Amerika Qo‘shma Shtatlariga eksport qilish imkoniyatidan samarali foydalaning. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi sizga ushbu jarayonda doimiy ko‘mak berishga tayyor: +998781506006

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech