Avtoklav gazobeton ishlab chiqararuvchi eng yirik korxonalarni bilasizmi?

News image

Butun dunyoda qurilish jarayonida so‘nggi yillarda energiya tejamkor, innovatsion qurilish materiallaridan foydalanishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu esa bino-inshootning tannarxini arzon bo‘lishi va qurilish ishlarini tez fursatda, sifatli amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Rivojlangan davlatlarda g‘isht o‘rniga energiya tejamkor gazobetondan foydalanish keng ommalashgan bo‘lib, mamlakatimizda ham ushbu qurilish materiallarini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda jahon tajribasini qo‘llashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Natijada yangi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti.

IMG_8425.jpg

Hozirda mamlakatimizda jami avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 12 ta yirik korxonalar mavjud bo‘lib ularning yillik quvvati 2,8 mln metr kubni tashkil etadi. Avtoklav gazobeton korxonalari asosan Respublikamizning Toshkent, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

IMG_9117.jpg

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida Yevropa texnologiyalari asosida bunyod etilgan “East mining invest” MCHJ QK O‘zbekistondagi eng katta quvvatga ega korxona xisoblanadi. Bu yerda yiliga 500 ming metr kub mahsulot tayyorlanadi. Viloyatdagi "AKFA BUILDING MATERIALS" MCHJ XKda ham ushbu yo‘nalishda eng yiriklaridan biri sanaladi. Germaniya texnologiyasi asosida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxonaning yillik quvvati 450 ming metr kubni tashkil etadi. Angren iqtisodiy zonasida joylashgan "Ecoton sharq" MCHJ va "Alijon" MCHJlarida ham katta miqdorda (yiliga-300 ming metr kub) avtoklav gazobeton ishladi.

Sirdaryo viloyatida joylashgan 2023 yilda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan "Tashkent city gold Block" MCHJning yillik quvvati 200 ming metr kub bo‘lib, uning mahsuloti ham qurilish bozorida o‘z o‘rniga ega.

photo_2021-05-17_11-56-30 (2).jpg

Shuningdek, avto klav gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha Buxoro viloyatida "Xanadu Grand plyus" MCHJ (yillik quvvati 100 ming metr kub), Jizzaxda “INTER GROUP AGRO EXPORT” MCHJ (yillik quvvati 100 ming metr kub), Toshkent vilotiyada "RGC blocks" MCHJ (yillik quvvati 100 ming metr kub) kabi korxonalar sarali faoliyat olib bormoqda.

photo_2022-09-23_13-46-18.jpg

Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech