Axborot xavfsizligi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida "FAKE NEWS: soxta xabarlardan qanday saqlanish mumkin?" mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.  Unda O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari, uyushma rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab, AOKA bosh mutaxassisi Doniyor Soliyev yig‘ilganlarga Feyk xabarlar, uni aniqlashga yordam beruvchi resurslar haqida ma’ruza qildi. Axborot xavfsizligi, soxta xabarlardan saqlanish bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi. Barcha ma’lumotlar misollar yordami tushuntirildi.

IMG_0503.jpg

Darhaqiqat hozirgi axborot asrida soxta va rasmiy xabarlarni farqlash va aniqlash muhim dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois, soha mutaxassislarida bugungi seminarga qiziqish katta bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, F ye y k  ─  ( i n g l i z ch a ) soxta , qalbaki  degan  ma’nolarni anglatadi. Haqiqatga  juda o‘xshab ketadigan yolg‘on xabarlar, maxsus dasturlar orqali o‘zgartirilgan fotosuratlar, montaj qilingan videoroliklar , ijtimoiy  tarmoqlarda  boshqa  shaxslar  nomidan  ochilgan yolg‘on akkauntlar feyklarga misol bo‘la oladi.

Soxta va yolg‘on xabarlar tarqatish «sindromi» asosan muhim siyosiy voqealar arafasida, ayni kunlarda yirik rezonansga sabab bo‘layotgan mavzular atrofida «xuruj qiladi». Feykning inson ongiga ta’sirini judayam kuchli.

IMG_0506.jpg

Video YouTube ga joylangan bo‘lsa , YouTube DataViewer servisidan o‘tkazing . U videoning tarmoqqa qachon yuklanganini ko‘rsatadi va bir nechta skrinshotlarni chiqarib beradi . Skrinshotlar orqali qidiruv berib , shunga o‘xshash videolarni qidirib ko‘rish mumkin bo‘ladi . InVID servisi orqali esa turli platformalardan yuklangan videolar haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. U video internetga yuklangan paytdan boshlab “ bosib o‘tgan yo‘l ” ini ko‘rsatadi . Videoni ko‘rishda mashina raqamlari , mayda yozuvlar , odamlarinng ust - boshi , binolar holatiga diqqat qaratish orqali ham videoga ishlov bergan - berilmaganini aniqlash mumkin .

Feyk xabarlarini aniqlash, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar himoyasi yuzasidan qilingan taqdimotlar barcha uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Shu kuni qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech