- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Aholi murojaatlari doim nazoratda

25 May 2023
182
2023 yilning 1-choragida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 21 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 17 ta hamda bevosita uyushmaga 4 ta, kelib tushgan.
Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 2 tasi qanoatlantirilgan, qolgan 2 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 5 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 10 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Tahlillar natijasida aksariyat murojaatlar uyushma tizimidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishga kirish va tiklash, mutaxasisligi bo‘yicha ishlash bo‘yicha 8 ta murojaat yoki 47 %, ijtimoiy to‘lovlar ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar bo‘yicha 4 ta murojaat yoki 24 %, rahbariyat qabuliga kirish, shikoyatlar kabi masalalar bo‘yicha 5 ta yoki 29 % murojaatlar qilingan.
Ushbu tahlillar asosida Uyushma hamda tizim tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli o‘rganish, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.