Fuqarolarning murojaatlari — doimo e’tiborda

News image

Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlariga vaqtida javob berish, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirilgan bo‘lib, bu borada huquqiy asoslar yaratilgan.

Binobarin, Konstitutsiyamizning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidani amalga oshirish maqsadida bir qator hujjatlar qabul qilingan. Xususan, 2014 yilda hayotga tatbiq etilgan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi ishlar samaradorligini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etayotir. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ham mazkur yo‘nalishda faol ish olib borilmoqda.

Joriy yilning iyul-sentabr oylarida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 83 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 61 ta hamda bevosita uyushmaga 22 ta, shundan 2 ta yozma, 9 ta og‘zaki, va 11 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 10 ta qanoatlantirilgan, 6 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 6 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 30 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 4 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida ham ijobiy samara bermoqda. Zero, qonun ustuvorligi ta’minlangan jamiyatimizda hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech