BAA ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida BAA ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlik faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_0441.jpg

IMG_0442.jpg

Shuningdek, eksport ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi va qurilish materiallari turlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda BAA bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-logistika, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida fikrlashibdi.

Uchrashuv davomida mexmonlar O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatiga berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholar ekan, hamkorlikda ikki tomonlama manfaatlarga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Shu bilan birga ikki davlat qurilish industriyasini o‘rganishda aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

IMG_0445.jpg

IMG_0446.jpg

Tadbir davomida BAAning “The Supreme Industries Overseas FZE”, “Emirates Panel Manufacture LLC”, “KHK Scaffolding & Formwork Ltd. LLC” va “Acero Building Systems” kompaniyalari o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan truba, mebel, alyumin kompozit, qurilishda foydalaniladigan desa va turli xil ashyolar haqida to‘liq ma’lumot berishdi. Shu bilan birga hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport-import imkoniyatlari haqida ham muzokara o‘tkazishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech