Bazalt armaturasiga bo‘lgan talab ortmoqda

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi viloyat hokimliklari va tijorat banklari bilan hamkorlikda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha bir qator kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bunda raqobatdosh, eksportga yo‘naltirilgan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi turdagi sifatli qurilish materiallariga bo‘lgan ichki ehtiyojni qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu talablar esa mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Forish tumanida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Mega invest industrial” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi yangi turdagi qurilish material ishlab chiqarish bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda balki, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Korxona yiliga 2500 tonna bazalt tolasi, 3000 tonna bazalt tolasidan armatura ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Loyihaning birinchi bosqichida qariyb 30 million dollar o‘zlashtirildi hamda bazalt tolasi va undan armatura ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 90 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

1.jpg

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, bazalt tolasi va undan qurilish armaturasi ham yurtimizdagi yangi qurilish materiallaridan biridir. Yengil va o‘ta chidamli bo‘lgan ushbu mahsulot o‘zining zamonaviyligi va narxi arzonligi bilan ajralib turadi. Jahon bozorida unga talab juda yuqori. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bazalt (qoratosh) ekologik toza mahsulot bo‘lib, po‘lat armaturaga nisbatan 4 barobar yengil va 3 barobar mustahkam, 2 barobar arzon, tashqi ta’sirlarga o‘ta chidamli va umuman zanglamaydigan qurilish materialidir. Hozirgi kunda ushbu mahsulotga Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlaridan ko‘plab takliflar kelib tushmoqda.

Ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bu yangi turdagi qurilish mahsuloti ham yurtimiz aholisi uchun katta yangilik. Negaki, xalqimiz hamisha yangi uy qurib, orzu havas bilan yashashni istaydi. Albatta, bunday ehtiyojlarni qondirishda mahalliy va xorijiy tadbirkorlarning hissasi katta bo‘lyapti.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech