Bazalt toshidan innovatsion qurilish materiallariga yaponiyalik tadbirkorlar qiziqish bildirdi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Yaponiyaning “Rotobo” assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari va tadbirkorlik faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_1476.jpg

IMG_1478.jpg

Shuningdek, eksport ko‘lami, ishlab chiqarish hajmi va qurilish materiallari turlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirda Yaponiyalik investorlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-logistika, kadrlar tayyorlash, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida fikrlashildi.

Uchrashuv davomida mexmonlar O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatiga berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholar ekan, hamkorlikda ikki tomonlama manfaatlarga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirishdi. Shu bilan birga ikki davlat qurilish industriyasini o‘rganishda aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Kun chiqar yurt vakillari bazalt toshi asosidagi innovatsion qurilish materiallariga judayam katta qiziqish bildirishdi.

IMG_1481.jpg

IMG_1486.jpg

Tadbir davomida qurilish materiallari sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki davlat mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, kadarlar malakasini oshirish kabi masalalarda ma’luot almashildi. Shu bilan birga hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport-import imkoniyatlari haqida ham muzokara o‘tkazishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech