- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Beton mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12 Sep 2023
155
Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyumshasida Xitoyning "Sichuan Kunjia Corporation" MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, sanoat korxonalar va uyushma faoliyati, eksport-import bo‘yicha ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, mexmonlar "Sichuan Kunjia Corporation" MCHJ ning ishlab chiqarish hajmi, mahsulot turlari va sifati, eksport ko‘lami haqida taqdimot qilishdi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham taklif bildirishdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, transport logistikasi, eksport masalasida ham fikr almashildi.
Xitoylik investorlar O‘zbekistondagi qurilish materiallari sohasidagi rivojlanishga yuksak baho berarkan, kelgusida temir-beton va beton mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirish, mavjud xom ashyo bazasini o‘rganish bo‘yicha taklif berdi.