Bilasizmi dunyo bo‘yicha qancha sement ishlab chiqariladi?

News image

Dunyoda asosiy qurilish materiali sement ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy davlati yetakchi hisoblanadi. Mazkur davlatda bir yilda 2,2 mlrd tonna (2019-yilgi ma’lumot) sement ishlab chiqariladi. Keyingi pog‘onani Hindiston egallangan. Hindlar tomonidan yiliga 320 mln tonna sement tayyorlanadi. Kuchli uchlikda V’etnam joylashgan bo‘lib, bu yerda bir yilda 95 mln tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Undan keyingi o‘rinlarda AQSH (yiliga 89 mln tonna), Misr (76 mln tonna), Indoneziya (74 mln tonna), Eron (60 mln tonna), Rossiya (57 mln tonna) kabi davlatlar joy olgan.

5933768006341.jpg

Dunyo bo‘yicha bir yilda 4,1 mlrd tonna (2019-yilgi ma’lumot) sement ishlab chiqariladi.

Dunyoda eng yirik sement ishlab chiqaruvchi Xitoydagi “China National Building Material (CNBM)” kompaniyasi bo‘lib, bu yerda yiliga 521 mln tonna sement tayyorlanadi. Keyingi o‘rinni ham Xitoy kompaniyasi egallagan. “Anhui Conch Cement” kompaniyasi tomonidan bir yilda 353 mln tonna sement ishlab chiqariladi. Kuchli uchlikni Fransiyaning “Lafarge Holcim” kompaniyasi egalladi. Ushbu brend ostida yiliga 312,9 mln tonna sement tayyorlanadi.

LafargeHolcim_1.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech