- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida sement narxi pasaydi
25 Nov 2025
215
O‘tgan hafta davomida, yaʼni 17-23-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 35 897 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,0% ga ko‘pdir. Ularning 33,5% birja savdolariga, qolgan 66,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 158,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 12 039 ta bitim tuzildi.
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 470 139,0 tonna sement qo‘yildi va undan 155 039,0 tonnasi, yaʼni 33,0% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 31 008,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sement bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 636,3 ming so‘mdan 632,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 88 nafar xaridor ishtirok etdi.