- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida sement narxi pasaydi

17 Oct 2024
334
O‘tgan hafta davomida, yaʼni 7-13-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 077,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 24,4% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 81,4% birja savdolariga, qolgan 18,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 942,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 127,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 127 951,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 25,6 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 578,1 ming so‘mdan 538,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 76 ta xaridor ishtirok etdi.