Birja savdolarida sement narxi pasayishni davom etmoqda

News image

26-avgust – 1-sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 865,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 18,2% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 81,6% birja savdolariga, qolgan 18,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 697,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 115,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

O‘tgan haftada birja savdolariga 577 528,0 tonna sement qo‘yildi va uning 187 370,0 tonnasi sotildi. Sementning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 37 474,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning shakllangan kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 588,8 ming so‘mdan 570,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 83 ta xaridor ishtirok etdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech