Birja savdolarida sement narxida pasayish kuzatildi

News image

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 31-mart – 6-aprel kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 43 523 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 15,3% ga kamdir. Ularning 55,6% birja savdolariga, qolgan 44,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 127,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Birja savdolari orqali 134 385,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 33,6 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 573,0 ming so‘mdan 559,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 69 ta xaridor ishtirok etdi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech