- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Birja savdolarida sementning narxida yana pasayish kuzatilyapti
6 Aug 2024
280
O‘tgan hafta davomida, yaʼni 29-iyul – 4-avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 518,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 77,4% birja savdolariga, qolgan 22,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 565,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 142,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 101 933,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 20,4 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 591,8 ming so‘mdan 585,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 64 ta xaridor ishtirok etdi.