“BuildExpo-2021” ” VIII- xalqaro qurilish mahsulotlari va uskunalari ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasi boshlandi

News image

Bugun poytaxtimizdagi Anhor Lokomotiv bog`ida “BuildExpo-2021” VIII- xalqaro qurilish mahsulotlari va uskunalari ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Unda Janubiy Koreya, Rossiya, Eron va mamlakatimizdan 40 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etmoqda.

Ko'rgazmalar O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi; O’zbekiston savdo-sanoat palatasi mas’ulligida tashkil etildi.

2.jpg

O'zbekistonning qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri bo'lib, hatto karantin cheklovlarini hisobga olinganda ham, har yili barqaror o'sish ko'rsatkichlarini namoyon etdi. Bugungi kunda Respublikaning deyarli har bir yirik shahrida yangi binolar, uy-joy kommunal komplekslari qurish, eski binolarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalangan holda, rekonstruksiya qilish ishlari faol ravishda olib borilmoqda.

4.jpg

Xalqaro tadbirda so’nggi rusumdagi qurilish materiallari uskunalari, yangi turdagi innovatsion qurilisj materiallari ko’pchilikda qiziqish uyg’otdi.

E’tiborlisi, ko’rgazma doirasida «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruv raisi o’rinbosari Baxtiyor Boboqulov Eron Islom Respublikasi ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi. Ularga qurilish materiallari sohasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Xalqaro ko’rgazma 26 noyabrgacha davom etadi.

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

9.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech