Buxoro viloyatida yangi sement zavodi barpo etildi

News image

Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida Qoravulbozor tumanida "BUKHARA EURO CEMENT" MCHJ tomonidan yillik quvvati 750 ming tonna bo‘lgan sement ishlab chiqaruvchi korxona barpo etildi.

Loyiha qiymati 29,0 mln.AQSH dollar bo‘lgan yangi sement zavodi Xitoy davlatidan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan. Korxona foydalanishga topshirilishi bilan 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda uskunalarni o‘rnatildi.

1 08-09-2022.jpg

Bugungi kunga qadar tegirmon inshoati va klinker omborxonasi 100 foiz, har biri 900 tonna jami 3600 tonna xom-ashyo aralashmasini saqlovchi 4 dona va har-biri 6000 tonna jami 18000 tonna tayyor mahsulotni saqlovchi 3 ta siloslar qurilishi 100 foiz, ikki qavatli labaratoriya binosi (maydoni 1404 m2) 85 foiz, ta’mirlash sexi binosi (maydoni 900,0 m2) 100 foiz, Qadoqlash binosi 100 foiz, 3 qavatli yotoqxona binosi (maydoni 2729 m2) 90 foiz, 2 qavatli yuvinish va oshxona binosi (maydoni 1260 m2) 80 foiz, 110 kVt. podstansiya bino-inshooti 85 foiz va 3 qavatli ma’muriy bino (maydoni 1050 m2) da 85 foiz, elektrokabellar va yong‘inga qarshi yer osti va usti tizimlari montaji 75 foiz miqdorida qurilish ishlari bajarildi.

2 08-09-2022.jpg

3 08-09-2022.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech