Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda

News image

Bugun – 9-fevral kuni erta tongdan poytaxtimiz Toshkent shahridagi bayramona bezatilgan Adiblar xiyobonida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi tantanali nishonlandi.

Alisher Navoiy haykali poyida davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, taniqli olim va ijodkorlar, madaniyat va san’at namoyondalari, xorijlik mehmonlar, talaba va o‘quvchilar, ijodiy tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari to‘plandilar.

IMG_0187.jpg

IMG_0188.jpg

Xiyobonda Alisher Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz ashulalar va maqom kuylari yangrab turdi.

Tadbirda so‘z olgan Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulovning Turkiyada nashr etilgan Alisher Naoviy devoni haqida bergan ma’lumotlari barqa qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Akromjon Dehqonovning Alisher Navoiy ijodida tinchlik va do‘stlik g‘oyalarining yoritilishi haqidagi ma’ruzasi barchada katta taassurot qoldirdi.

Eron Islom Respublikasi Mashhad universiteti professori G‘ulom Rizo Razmiyning Alisher Navoiyning Erondagi muzey va fondlarda saqlanayotgan qo‘lyozmalari hamda ushbu mamlakat hududidagi Alisher Navoiy barpo ettirgan me’moriy obidalar haqidagi nutqi yurtdoshlarimizda fahr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

IMG_0189.jpg

IMG_0193.jpg

Ayniqsa, O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalarning Alisher Navoiyning ruboiy va g‘azallarini yoddan o‘qib berganligini barcha ishtirokchilar gulduros qarsaklar bilan kutib oldilar.

Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini nazarda tutib, shuningdek, ulug‘ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yana-da chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib etish maqsadida, Alisher Navoiy tug‘ilgan qutlug‘ sananing adabiyot va ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanishi respublikamizning barcha hududlarida ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.

Tantanada respublikaning vazirlik, idora va tashkilotlari vakillari qatori “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparati, Uyushma tarkibidagi “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ xodimlari ham ishtirok etib, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech