Diqqat e’lon!

News image

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, 21 oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilangan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining (bundan keyin – Uyushma deb yuritiladi) 2021 yil 27 sentabrdagi 173–sonli buyrug‘iga muvofiq Uyushma tizimida “O‘zbek tili bayrami kuni”ni munosib kutib olish va o‘tkazish maqsadida bayramni keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

“O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida, Uyushma ijro etuvchi apparatida Uyushma xodimlari, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida 2021 yil 26 oktabr kuni, soat 17.00da Uyushma idora binosining 5 qavatidagi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tishini bildiramiz.

Barcha xodimlarni bayram tadbiriga taklif etamiz.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech