Drezden texnika universiteti professori Viktor Mechtcherinning rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonda ilmiy hamkorlik kengaymoqda

News image

Joriy yilning 25-mart va 1-aprel kunlari Germaniyaning Drezden texnika universiteti “Qurilish materiallari” instituti direktori, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining xorijiy maslahatchisi, professor Viktor Mechtcherine O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida uyushma rahbariyati, R&D tadqiqotlar markazi mutaxassislari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat transport universiteti hamda Toshkent kimyo texnologiyalar instituti rahbariyati va yetakchi olimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

01 photo_2025-04-03_12-44-14.jpg

Muzokaralar chog‘ida sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan:

Ta’lim sohasida: bakalavriat talabalari uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bitiruvchi bosqich talabalarini Drezden texnika universitetiga magistratura va doktoranturaga (PhD) qabul qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, doktorant va tadqiqotchilar uchun maqsadli stajirovkalar tashkil etish.

02 photo_2025-04-03_12-44-26.jpg

03 photo_2025-04-03_12-45-50.jpg

Ilmiy loyihalar bo‘yicha: Erasmus+, DAAD, Humboldt Research Fellowship kabi xalqaro dasturlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Innovatsion qurilish materiallari yo‘nalishida: yangi materiallarni sertifikatlash, shaharsozlik me’yorlariga “Green Code” talablarini kiritish, “Yashil qurilish” (Green Building) standartlariga javob beradigan materiallarni ishlab chiqish.

04 IMG_3948.jpg

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi qurilish materiallari sohasida ilmiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech