Dunyoga mashhur brend oboylari haqida bilasizmi?

News image

Dunyoda boshqa mahsulotlar qatori qurilish materiallarida ham mashhur brendlar mavjud. Ular sifatli materiallar, noyob dizayn va innovatsion texnologiyalari bilan ajralib turadi. Bugun sizlarga bino va inshootlarning devorlarni bezatishda ko‘p ishlatiladigan oboy ya’ni gulqog‘ozlar haqida ma’lumot beramiz. Quyidagi eng nufuzli oboy brendlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin:

1. Versace Home (Italiya)
Lyuks darajadagi eksklyuziv oboylar. Qadimiy grek uslubidagi naqshlar, yorqin ranglar va oltin elementlar dizaynda tayyorlanadi. Yuqori sifatli vinil va to‘qimachilik materiallari.

387052.jpg

2. Ralph Lauren Home (AQSH)
Klassik va zamonaviy uslubni birlashtirgan elegant dizayn. Tabiiy teksturali materiallar, to‘qimachilik va hashamatli bosma naqshlar. Amerikalik an’anaviy uslub va zamonaviy minimalizm.

3. Gucci Décor (Italiya)
Dizaynerlik oboylari, ko‘pincha gulli va geometrik printlar. Qo‘lda chizilgan eksklyuziv san’at asarlari. Ekologik toza va chidamli materiallar.

4. Elitis (Fransiya)
Juda noyob teksturali va innovatsion materiallar. Hind ipagi, shisha tolasi va metallik elementlar. Chiziqli va geometrik naqshlar, zamonaviy art-deko uslubi.

5. Cole & Son (Buyuk Britaniya)
An’anaviy va klassik Britan uslubidagi oboylar. Qo‘lda bosilgan naqshlar, tabiatdan ilhomlangan dizaynlar. Keng tanlov va sifatli materiallar.

6. Armani/Casa (Italiya)
Jorjio Armani uy dekoriga bag‘ishlangan oboylar kolleksiyasi. Yorug‘lik va soya o‘yinlari, minimalistik dizayn. Tabiiy materiallar va pastel ranglar.

7. Roberto Cavalli Home (Italiya)
Glamur va hayvon naqshlari bilan mashhur. Juda ko‘rkam, hashamatli va qo‘lda ishlangan bosma tasvirlar. Oltin, bronza va yo‘g‘on teksturali materiallar.

ralph-lauren-home-krasyuk-sergey-img.jpg

8. Zoffany (Buyuk Britaniya)
Viktorian davri uslubidagi oboylar. Qadimiy gulli va qo‘l ishi bilan yasalgan bosma naqshlar. Ekologik toza va chidamli vinil, to‘qimachilik materiallar.

9. Harlequin (Buyuk Britaniya)
Zamonaviy va rangli dizaynlar. Jonli geometrik, gulli va abstrakt naqshlar.
Chidamli vinil va eko-materiallar.

10. Sanderson (Buyuk Britaniya)
Retro va tabiiy uslubdagi, an’anaviy Britan oboylari.
Tabiatdan ilhomlangan dizaynlar (gullar, daraxtlar, hayvonlar).

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech