- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Dushanbe, Qobul va Filadelfiya shaharlarida “O‘zbekiston savdo uyi” tashkil etildi
21 May 2025
343
Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari sanoatida eksport tahlili” haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, joriy 2025-yilda 1,2 mlrd dollarlik qurilish materiallari eksport qilish rejalashtirilgan. Eksport geografiyasini va mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hisobiga joriy yilning o‘tgan davrida tarmoq korxonalari tomonidan jami 255 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirildi, o‘sish 117 foizni tashkil etdi. Eksport qilingan mahsulotlarning 23,0 foizi metall buyumlar, 10,9 foizi PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 9,8 foizi keramika mahsulotlari, 8,8 foizi alyumindan yasalgan qurilish materiallari, 8,4 foizi gulqog‘oz va boshqa qog‘oz mahsulotlari kabi qurilish materiallari ulushiga to‘g‘ri keldi.
Eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 dan 66 taga oshgan bo‘lsa, eksport geografiyasi 51 davlatdan 58 taga oshdi.
Davlatlar kesimida tahlil qilinganda eksport qilingan mahsulotlarning 23,8 foizi Rossiya Federatsiyasi hissasiga, 20,4 foizi Qozog‘istonga, 12,9 foizi Tojikistonga, 11,5 foizi Qirg‘izistonga, 3,7 foizi Belarusga, 2,4 foizi Turkmanistonga, 2,2 foizi Ozarbayjonga, 2,2 foizi AQSH ga, 2,0 foizi Litvaga va 1,9 foizi Estoniya davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, Tailand, Malta, Maldiv, Bangladesh, Meksika, Braziliya, Pokiston, Argentina, Daniya, Islandiya, Angola, Baxrayn kabi yangi davlatlarning bozorlarini o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirildi.
Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.
Yana bir ma’lumot, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2023 yilda dastlab Ozarbayjonning Baku shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” ochilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib Tojikistonning Dushanbe, Afg‘onistonning Qobul va AQSH ning Filadelfiya shaharlarida ham shunday savdo maskanlari tashkil etildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.
Misol uchun, joriy yil may oyiga qadar 2024 yilning mos davriga nisbatan portlandsement 35,0 barobarga, DSP, MDF va boshqa plitalar 2,3 barobarga, tabiiy tosh mahsulotlari 1,9 barobarga, alyumindan qurilish materiallari 1,9 barobarga, oyna va undan yasalgan buyumlar 1,5 barobarga, keramika mahsulotlari 1,4 barobarga ko‘p eksport qilindi. Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni va MDH davlatlar hisoblanadi. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, yil boshidan Rossiya Federatsiyasiga – 60,6 mln dollarlik, Kozog‘istonga – 52,0 mln dollarlik, Tojikiston – 32,9 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 29,4 mln dollarlik, Belarusga – 9,3 mln dollarlik, Turkmanistonga – 6,2 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 5,7 mln dollarlik, AQSH ga – 5,7 mln dollarlik, Litvaga – 5,1 mln dollarlik va Estoniyaga – 4,9 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.