- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Eksportchi korxonalar muammolari o’rganilmoqda

29 Oct 2024
239
“O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sohada faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar muammolari o’rganilmoqda va samarali yordam berilyapti.
Tahlillarga ko’ra, 2024-yil yanvar-oktyabr oylarida eksportyor korxonalarga davlat tomonidan 487 mlrd. soʻmlik aylanma mablagʻlar ajratildi va natijada ular tomonidan 73,7 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. 7 ta eksportyor korxonaga doimiy tartibda oyiga 323 dona temir yoʻl vagoni etkazib berish taʼminlandi. 7 ta eksportyor korxonaga elektr taʼminotiga ulanishga amaliy yordam koʻrsatish natijasida, ular tomonidan 7,8 mln dollarlik mahsulot eksport qilishga erishildi.
Shuningdek, 4,4 mln dollarlik eksport qilgan korxonalarga 8,5 mlrd. soʻmlik QQS qaytarib berildi.
Kam quvvatlarda ishlayotgan hamda eksportyor korxonalarga yordam berish maqsadida, xorijiy koʻrgazma, forum, uchrashuvlarda foal ishtiroki taʼminlanmoqda. Shu bilan birga, Baku, Dushanbe, Qobul shaharlarida “Savdo uyi” ochildi va O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylandi. Endilikda, Ostona, Olmaota, O’sh shaharlarida ham savdo uylarini ochilishi kutilmoqda.
E’tiborlisi, mahalliy eksportyor korxonalarga xorijiy davlatlarda shart-sharoit yaratish maqsadida Riga, Ostona, Olmaota va Moskva shaharlarida “savdo omborxona”lari tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.