- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Energiya tejamkorlik eng dolzarb masala

23 Oct 2024
361
Kuni kecha “Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish” bo‘yicha “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati amaliyotini respublikadagi sement ishlab chiqarish korxonalarida joriy etish mavzuciga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zenergoinspeksiya, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ul xodimlari, respublikadagi ilmiy tashkilotlar mutasaddilari, KHD Humboldt Wedag International AG (Germaniya) mutaxassislari hamda respublikada faoliyat yuritayotgan sement ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqarma boshilig‘i Botir Xodjabekov so‘zga chiqib, yurtimizda sement ishlab chiqarish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, yangi texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, Germaniya texnologiyasi, energiya samaradorligi, ishlab chiqarishdagi yutuqlar haqida ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi.
KHD Humboldt Wedag International AG (Germaniya) vakillari tomonidan sement ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar, energiya sarfini kamaytirish borasida Yevropa tajribasi va yutuqlari ma’lumot berishdi.
Shu kuni tadbir ishtirokchilari “Qizilqumsement” AJ xomashyo bazasi, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi liniyalar bilan yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.