Farg‘ona viloyatida “Knauf Gips Farg’ona” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

News image

Farg‘ona viloyati respublikada qurilish materiallari sanoati eng rivojlangan hududlardan biri sanaladi. Chunki, hudud katta hajmdagi qurilish materiallari xom-ashyosi bazasiga ega. Shu bois viloyatda sementdan tortib, sanitar texnik buyumlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilda ham “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha ko‘plab investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Xususan, O‘zbekiston tumanida umumiy qiymati 12,3 mln dollar bo‘lgan gipsokarton ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. E’tiborlisi, yangi korxona to‘liq xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilmoqda. Bu yerda yiliga 15 mln kv.m gipsokarton ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

22.jpg

Hozirda loyiha bo‘yicha qurilish ishlari yakunlanib, dastgohlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Korxonaga zamonaviy uskuna va jihozlar Germaniya va Rossiya davlatlaridan olib kelingan. Shuni alohida qayd etish kerakki, loyiha amalga oshirilgach bu yerda 60 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona yil so‘nggiga qadar foydalanishga topshiriladi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech