Farg‘ona viloyatida qiymati 1,1 trln.so‘mlik loyihalar amalga oshirildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy investorlar ishtirokida yirik loyihalari amalga oshirilmoqda, yangi quvvatlar ishga tushurilyapti. Natijada, hududda ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilda viloyatda qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 1,1 trln.so‘m bo‘lgan jami 56 ta loyihalar amalga oshirilib, 1 478 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Mazkur loyihalardan qiymati 643,3 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyiha dastur doirasida amalga oshirilgan bo‘lsa, umumiy qiymati 453,8 mlrd.so‘m bo‘lgan 18 ta qo‘shimcha loyihalar amalga oshirilgan.

photo_2021-11-08_07-46-54 (3).jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-sonli qaroriga asosan viloyatda 2022 yillarda qiymati 16,0 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, 3 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Joriy yil yanvar-oktabr oylarida jami 13 ta loyihalar doirasida 97,1 mln.dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida hududda jami 17,4 mln. dollarlik qurilish materiallari asosan Qirg‘iziston (5,0 mln. dollar), Tojikiston (4,9 mln. dollar), Rossiya (3,2 mln. dollar), Qozog‘iston (2,9 mln. dollar) va boshqa davlatlarga eksport qilindi.

Mahsulot tarkibini asosan Oyna (5,3 mln. dollar), Gipsokarton (3,5 mln. dollar), Keramik (2,1 mln. dollar) va boshqa qurilish mahsulotlari tashkil etdi.

2023-2024 yillarda qurilish materiallari sohasida umumiy qimati 307,2 mlrd. so‘mlik 46 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 729 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirib olingan. Bugungi kunda loyihalar 2023-2024 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech