Farg‘ona viloyatida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov boshchiligidagi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalar faoliyati, amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining bugungi holati bilan joylarga chiqqan holda o‘rganishdi.

Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar “korxonabay” usulda to‘liq o‘rganildi, shu bilan birga kerakli tavsiya va ko‘maklar berildi.

2 23-01-2023.jpg

3 23-01-2023.jpg

Mutaxassislar dastlab, Furqat tumanida barpo etilgan yiliga 30 mln. metr kv. gipsakarton ishlab chiqarish quvvatiga ega “Beijing New Building Materials Public Limited Company” MCHJ da bo‘lishdi. Bu yerda umumiy qiymati 30 mln dollar bo‘lgan loyihaning tadbiq etilishi bilan yaqindan tanishishdi. Korxonada nafaqat gipsokarton balki, gips va metal profillar ham ishlab chiqariladi. Bugungi kunda loyiha doirasida jami 22,5 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Mazkur o‘zlashtirilgan mablag‘larning 6,9 mln. dollari qurilish ishlariga, 13,0 mln.dollari dastgohlar uchun hamda 2,6 mln. dollari boshqa harajatlarga sarflangan. Hozirda hududda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, bino-inshootlarda qurilish ishlari 80 foizga bajarilib, ishlab chiqarish liniyalarining bir qismi o‘rnatildi. Korxona tomonidan “Gips va gipsokarton mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi joriy yilning may oyida foydalanishga topshirilishi hamda 130 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. O‘rganishlar davomida uyushma mutasaddilari korxonaning mahsulot turlari, uning sifati, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

4 23-01-2023.jpg

Shuningdek, ishchi guruh “Kvars” AJ da ham tashrif buyurishdi. Ishchi guruh korxonadagi barcha bo‘limlarda bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish jarayonlari, xom-ashyo masalasi, endilikda bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalar bo‘yicha taklif va muammolarni to‘liq o‘rgandi.

5 23-01-2023.jpg

6 23-01-2023.jpg

Ishchi guruh Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlar va sanoat korxonalari mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z muddatida va sifatli ishga tushirish, mavjud ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, atrof-muhit muxofazasi masalalarining tahlili bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish va mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha kelishib olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech