Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida KNAUFning yangi zavodi foydalanishga topshirildi

News image

Dunyodagi yirik gips asosidagi qurilish materillari ishlab chiqaruvchi yangi tarmoq Farg‘ona iqtisodiyotida yangi imkoniyat eshiklarini ochadi.

Zamonaviy korxona nemis texnologiya va yuqori ekologik standartlarga muvofiq har yili a’lo sifatli 17 million kvadrat metr gips qurilish plitalari va 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqaradi.

1.jpg

Mahsulotning asosiy qismi mahalliy xomashyolardan tayyorlanadi. Masalan, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan birlamchi gips toshi mahalliy konlardan olinadi. Ayni kunda bu yo‘nalishda 20 ortiq pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Bu mahsulot sifatini oshirish bilan birga, tannarxini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.

Yangi korxona qurlishi uchun 18 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi, 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

2.jpg

Kompaniya, nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki malakali qadrlar tayyorlash, zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta’minlash ishlarida ham ko‘maklashadi.

— Biz O‘zbekistoning jadal rivojlanayotganligini xayrat bilan kuzatyapmiz, — deydi KNAUF guruhining boshqaruvchi hamkori Uve Knoster. — Ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar va investorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar soha rivojiga xizmat qilmoqda. Bularning barchasi bizga mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va aholisi farovonligining o‘sishiga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda. Farg‘ona vodiysida yagona bo‘lgan ishlab chiqarish korxonasi mahalliy va xalqaro bozorni xaridorgir bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot bilan ta’minlaydi.

3.jpg

Ishlab chiqarish majmuasining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar istiqbollari xususida fikr almashishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Oripov, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Tilo Klinner, Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorov ishtirok etdi.

 

Rasuljon KAMOLOV,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech