FOTO SAYOHAT: “GAZGAN MARBLE GROUP” MCHJ XK Markaziy Osiyoda yagona korxona

News image

Navoiy viloyatida joylashgan “GAZGAN MARBLE GROUP” MCHJ XK Italiya texnologiyasi asosida kompozit qoplama plitalar ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyda yagona korxona hisoblanadi. Korxona 2022 yil foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu yerda kompozit qoplama plitalar va me’moriy mahsulotlari ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining qiymati 30,6 mln dollarni tashkil etadi. Mega zavodda yiliga 300 ming kv.metr kompozit qoplama plitalar va 500 tonna me’moriy mahsulotlar tayyorlanadi. Korxonaga Italiyaning mashhur energiya tejamkor “breton” texnologiyalari o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 200 dan ortiq navoiylik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

IMG_9160.jpg

E’tiborlisi, korxona “breton” xalqaro guruhi tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo yetilgan. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ekologik xavfsizlik qoidalarini qamrab oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy me’yorlarga va jahon standartlariga amal qiladi. Ahamiyatlisi, kompozit qoplama plitalar ishlab chiqarish jarayonida chiqindi chiqarish ko‘rsatkichi nolga teng.

IMG_9162.jpg

Hozirda bu yerda turli o‘lchamdagi 10 ga yaqin mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir. Bugungi kunda korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinmoqda. Shuningdek eksport salohiyatini oshirish maqsadida Qirg‘iziston va Tojikiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

IMG_9164.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech