Germaniya sifat infratuzilmasi joriy etiladi

News image

Joriy yilning 12-13-mart kunlari O‘zTTSA direktori Akmal Jumanazarov Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB)ning ekspertlari va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni va sifatni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda sifat infratuzilmasini mustahkamlashda qiymat zanjirlarida sifatni qo‘llab-quvvatlash uchun PTB tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya – Kalidenaning o‘rni muhokama qilindi. Kalidenani joriy etish orqali mamlakatimizda korxonalar va iste’molchilar o‘rtasida sifat madaniyatini tarqatishga, yuqori sifat standartlariga javob berish orqali yangi bozorlar va mijozlarga kirishni ta'minlashga, resurs samaradorligi va mahsulot sifatini oshirish orqali milliy qiymat yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

photo_2024-03-14_10-33-01.jpg

photo_2024-03-14_10-33-07.jpg

Ma’lumot uchun, 3-mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Janubiy Koreyaning KCL o‘rtasida sinov laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi. KCL Janubiy Koreyaning qurilish materiallari va boshqa sohalarda sinov va sertifikatlash xizmatlarini taklif etuvchi nufuzli tashkilot sanaladi.Uning ushbu davlatda 20 ga yaqin sinov laboratoriyasi, dunyoning 6 ta davlatida vakolatxonasi, shuningdek, 30 mingga yaqin mijozlari va mingga yaqin yuqori malakali mutaxassislari mavjud.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech