Hamma narsa inson qadri va nurli kelajagi uchun

News image

“O‘zsanoatquirilishmateriallari” uyushmasida joriy yil 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni, Davlat rahbari raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” tamoyili asosida kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan nutqlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining borishi masalalariga bag‘ishlangan Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

000.jpg

Tadbirda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan—Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga ko‘ra, yettita ustuvor yo‘nalishdan biri–ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish etib belgilanganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur yo‘nalishda 8 ta aniq maqsadlar belgilangan bo‘lib, ushbular:

  • ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
  • aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish;
  • buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish;
  • jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash;
  • tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish;
  • madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash;
  • O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish;
  • milliy kino san’atini rivojlantirish qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtirilishi va e’lon qilinishi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkinligi, mazkur qonunning 21-moddasiga ko‘ra, korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanishi, O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tizimida bugungi kunda 158 ta korxonalar birlashgan bo‘lib, ularda 22 mingdan ziyod xodimlar faoliyat yuritayotganligi, respublikamizda 180 turdan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqarilib, tizimda davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etish, davlat tilida ish yuritishni to‘liq ta’minlash, mutaxassislar bilan hamkorlikda qurilish materiallarining nomlanishini xalqimizga tushunarli va bir xilda qo‘llash bo‘yicha aniq vazifalar mavjudligi aytib o‘tildi.

222.jpg

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tishni to‘liq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq, O‘zbekistondagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, shuningdek, ish qog‘ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanishi bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga topshiriq berilganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligiga to‘xtalib o‘tildi.

Qaror ijrosi doirasida Uyushmaning rasmiy veb-sayti, rasmiy blanklari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Uyushma tizimidagi barcha korxona va tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy etilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi bildirildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir savol-javoblar, mulohaza va munozaralarga boy bo‘lib, qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech