"Huaxin Cement Jizzakh" MChJ qadoqlangan mahsulot qop dizaynini o’zgartirdi

News image

"Huaxin Cement Jizzakh" MChJ qadoqlangan mahsulotni yangi qopda ishlab chiqarishni boshladi. Yangi qadoq eslab qolish osonligi, kerakli malumotlar mujassamlanganligi va yorqin dizayni bilan ajralib turadi.

Pishiq, ishonchli va xavfsiz qadoq iste'molchilarning istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan qop sementni saqlash va tashish uchun qulaydir. "Huaxin Cement Jizzakh"  MChJ da 50 kilogramm og'irlikdagi qoplarda M 400 rusumli putsolan portlandsementi sotiladi.

Korxonaning qadoqlangan mahsuloti polipropilenda chiqariladi va bu mahsulotning xavfsizligini standart saqlash va tashish shartlariga muvofiq mukammal darajada ta'minlaydi. Qadoq qoplari ishonchli va qulay.

"Huaxin Cement Jizzakh"  MChJ mahsulotining qadog’i bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega, bu esa iste'molchi soxta mahsulot sotib olish xavfini kamaytiradi. Ishlab chiqarilgan sement bozor ehtiyojlari va talablariga javob beradi va har qanday hajmdagi loyihalarni amalga oshirishda keng ko'lamli vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Sementning sifat ko'rsatkichlari GOST talablaridan ortiq, buning natijasiga korxona mijozlariga qurilish jarayonida o'z harajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

Aziz hamyurtlar qurilish materiallari xarid qilayotganda qalbaki mahsulotlaridan ehtiyot bo’ling!

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech